Movsar Evloev hech qachon charchamaydi va tempni tushirmaydi

  • 15.02.2026 14:53
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA

Amerikalik UFC jangchisi Frensis Marshal yarim engil vaznda reyting peshqadami hisoblangan rossiyalik Movsar Evloev bilan mashg‘ulotlari haqida  fikr bildirdi.

Movsar ajoyib yigit . U bilan hazillashib, bemalol gaplashish mumkin. Lekin sparring boshlanishi bilan barchasi jiddiy tus oladi. U hech qachon charchamaydi va tempni tushirmaydi. Parterda esa ham pastdan, ham yuqoridan nihoyatda yaxshi texnika bilan ishlaydi. Qaysi pozitsiyada bo‘lishidan qat’i nazar, u sizga tinchlik bermaydi. Evloev — MMAdagi har bir raqib uchun haqiqiy sinov bo‘la oladi. Rostini aytsam, u zaldagi eng mushakdor yigit. Tanasida deyarli yog‘ yo‘q — yil davomida bir xil formada yuradi. Hatto u qachon so‘nggi marta shirinlik yeganini eslay olmayman”, — dedi Marshal "Inside Fighting" YouTube kanaliga bergan intervyusida.

Ma’lumot uchun, Evloev 22 mart kuni "UFC Fight Night 270" turnirida Leron Myorfi bilan jang qiladi.

Zeboniso Hamidova tayyorladi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!