
“Muhammad Saloh, ovozingni o‘chirib, jim o‘tir!”
“Manchester Yunayted”ning sobiq futbolchisi Roy Kin “Liverpul” hujumchisi Muhammad Salohning zaxiraga olingan vaqtdagi reaktsiyasiga munosabat bildirdi.
- Aslida o‘yinchi o‘zini muhimligini bilishi yaxshi holat. Lekin buni zaxira o‘rindig‘ida ko‘rsatishning keragi yo‘q. Maydondan tashqarida, qo‘lni baland ko‘tarib, hammaning e’tiborini o‘zingga qaratmadi. Ovozingni o‘chirib, jim o‘tir.
Sen buni qabul qilishing shart. Xafa bo‘lishing mumkin, lekin juda oshirib yuborma. Muhammad Salohdan zo‘r o‘yinchilarning ko‘pini ko‘rganman. Ular hech qachon bunaqa muammo chiqarmagan, - dedi Roy Kin.
“Liverpul” va “Chelsi” ishtirokidagi birinchi tur uchrashuvi 1:1 hisobida durang bilan yakunlandi. Yurgen Klopp misrlik futbolchini 77-daqiqada zaxiraga oldi. Bu Muhammad Salohga yoqmadi va u e’tirozini qo‘pol tarzda bildirdi.
Fikrlar