
Muhammad Saloh bedavo dardga chalingan do‘stini unutgani yo‘q
Angliya premer-ligasining birinchi turida “Lids” darvozasiga uchta gol kiritib, “Liverpul”ning 4:3 hisobidagi g‘alabasini ta’minlagan Muhammad Saloh odamgarchilik qanday bo‘lishini ko‘rsatib qo‘ydi.
Saloh gollaridan birini Misr terma jamoasidagi do‘sti Mo‘min Zakariya usulida nishonladi. Zakariya 2018 yildan buyon futbol o‘ynamayapti. Unda yontomonlama amiotrofik skeleroz aniqlangan. Bu xastalik nerv tizimini ishdan chiqarib, odamni falajlikka olib boradi va hozirgi kunda bu dardning davosi topilmagan.
Bundan bir yil muqaddam xuddi shu kasallik oqibatida “Zenit” tarkibida o‘ynagan Fernando Riksen hayotdan ko‘z yumgan edi. Unda bu kasallik 2013 yilda aniqlangandi.
Fikrlar