
Muhammad Saloh endi “Liverpul”ga yordam bera olmaydi
Misr terma jamoasi o‘yinlari oldidan ukasining to‘yiga borib, koronavirus yuqtirib olgan Muhammad Saloh endi bir nechta uchrashuv davomida “Liverpul”ga yordam bera olmaydi.
“Liverpul”ning asosiy hujumchisi topshirgan ikkinchi test ham musbat natija berdi. Shu sabab, Muhammad Saloh yana bir hafta Misrda qolib, davolanishi shart. Premer-liganing tibbiy protokoliga ko‘ra, Angliyaga boshqa mamlakatdan kelgan har qanday futbolchi jamoa mashg‘ulotlariga qo‘shilishi uchun o‘n kun karantinda o‘tirishi kerak.
Muhammad Saloh bir haftadan so‘ng tuzalib, Angliyaga qaytgan taqdirida ham 10 kun izolyatsiyaga olinadi. Buning natijasida misrlik to‘purar “Arsenal”, “Lester”, “Atalanta” va “Brayton”ga qarshi o‘yinlarida jamoasiga yordam bera olmaydi.
Fikrlar