Muhammad Saloh kelajagi bo‘yicha bir qarorga keldi

  • 07.05.2024 07:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Mavsum yakunlanishi bilan “Liverpul”da jiddiy o‘zgarishlar bo‘lishi kutilmoqda. Albatta, bu jamoani 2015 yildan beri boshqarib kelayotgan bosh murabbiy Yurgen Kloppning klubdan ketishi bilan bog‘liq.

Ko‘pchilikni “qizillar”ning eng zo‘r to‘purari Muhammad Salohning kelajagi qiziqtirmoqda.

Misrlik forvardga Saudiya Arabistonidan jiddiy takliflar bor. Shayxlar uni chempionatning eng ko‘p maosh oladigan o‘yinchisiga aylantirishga tayyor.

Taniqli jurnalist Devid Ornshteynning ma’lum qilishicha, Muhammad Saloh kelajagi bo‘yicha bir qarorga kelib bo‘lgan.

31 yoshli forvard yana bir mavsum “Liverpul”da qoladigan bo‘ldi. Uning amaldagi shartnomasi 2025 yilning yarmida tugaydi. Saloh kelishuv yakunlangunga qadar Liverpul shahrini tark etmoqchi emas.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!