
Muhammad Saloh yangi jamoa tanladi
“Liverpul”ning asosiy hujumchisi va jamoa muvaffaqiyatlarida katta rol o‘ynayotgan Muhammad Saloh jamoasini o‘zgartirishi kutilmoqda.
Misrlik futbolchi yangi shartnoma borasida liverpulliklar bilan kelisha olmayapti. To‘purar hujumchi haftasiga 500 ming evro miqdorida maosh so‘ramoqda. Klub mutasaddilari esa bu talabni qabul qilmadi.
El Nacional nashrining xabar berishicha, Muhammad Salohda faoliyatini “Barselona”da davom ettirish varianti bor. Kataloniyaliklarning yangi bosh murabbiyi Xavi klub rahbariyatidan misrlik hujumchi transferini so‘ramoqda.
Muhammad Salohga bunga befarq emas. Afrikalik hujumchi Kataloniya klubi vakillari bilan yozda muzokaraga kirishishi mo‘ljallanmoqda.
Fikrlar