Muҳammad Saloҳning keyingi klubi nomi oydinlashdi
“Liverpul” yetakchisi Muhammad Saloҳ jarohat tufayli mavsumni erta tugatdi. Endi 33 yoshli futbolchi kelajak rejalari bo‘yicha bosh qotirishi mumkin.
Ayni paytda bir qator nufuzli manbalarni misrlik yulduz faoliyatini qaerda davom ettirishi aniqlashga intilmoqda. Variantlar orasida Saudiya Arabistoni chempionati ko‘p tilga olinayapti.
Xususan, Muhammad Saloҳ kelasi mavsumni “An-Nasr”da boshlashi mumkin. Bu jamoada Krishtianu Ronaldу bir necha mavsumdan beri yorqin o‘yin ko‘rsatib kelmoqda.
Goal va Okaz kabi manbalarning xabar berishicha, “An-Nasr” bosh murabbiyi Jorje Jezush klubning yozda Saloҳni transfer qilish borasidagi urinishlarini ma’qullagan.
Portugaliyalik mutaxassis Muhammad Saloҳga o‘z jamoasi tarkibidan joy berishga tayyor va uni o‘zi qo‘llayotgan taktik sxemalarga moslashtirishni rejalashtirib qo‘ygan.

Fikrlar