
Muhammad Salohning “qanotlari” qayrilgan!
“Liverpul” bosh murabbiyi Yurgen Klopp jamoa to‘purari Muhammad Salohning samaradorligida kuzatilayotgan pasayishlarga izoh berdi.
Misrlik hujumchi Angliya Premer-ligasining ketma-ket beshta uchrashuvida samarali harakatlarni amalga oshira olgani yo‘q.
Muhammad Saloh o‘tgan yilning 26 dekabrida “Aston Villa” darvozasini ishg‘ol qilganidan beri hali boshqa to‘p kirita olmadi.
- Saloh hali ham avvlgidek zo‘r o‘yinchi. Futbolchilarda ko‘tarilish va pasayish pallasi bo‘ladi. U yuqori saviyada hayratlanarli darajada ko‘p gol urgan holda barqaror o‘ynab kelyapti. Muhammad bundan ko‘rsatkichga Sadio Mane, Robert Firmino va Luis Dias bilan yonma-yon o‘ynab erishgan. Hozir ular yo‘q. Salohning hozirgi holati uning hujumdagi sherigi Darvin Nunes bilan bog‘liq emas, - dedi Yurgen Klopp.
Fikrlar