Muhammadali Xo‘jamiyorov MMA bo‘yicha jahon chempioni!

  • 19.08.2022 09:59
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA

Ayni kunlarda BAAning Abu-Dabi shahrida 11-12, 13-14, 15-16 yoshli o‘smirlar o‘rtasida aralash jang san’atlari bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda.

Bugunga kelib, bir qator medallar qo‘lga kiritildi. Jumladan, Jahongir Qoraboev hamda Farruh Madaminov shogirdi Muhammadali Ho‘jamiyorov -44 kg vazn toifasida barcha raqiblarini mag‘lub etib, jahon chempionligini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, -80 kg vazn toifasida A.Abdusattorov ham oltin medalga sazovor bo‘ldi. Shuningdek, -80 kgda Hojiakbar Nosirjonov kumush, -40 kgda Ibrohimjon Botirov bronza medalini qo‘lga kiritdi. 

Bugungi kun dasturidan -48, -52, -56,7,  -61,2, -65,8 kg vazn toifalarida janglar o‘tkaziladi. Voqealar rivojini bizda kuzatib boring!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!