
Muhsin Muhammadiev: Oxirida to‘p o‘tkazib yuborib, oltin ochkolarni qo‘ldan chiqardik
"Buxoro" - "So‘g‘diyona" uchrashuvidan so‘ng mezbonlar ustozi Muhsin Muhammadiev o‘yin borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
- O‘yin haqida gapirsam, juda ham alamli bo‘ldi, oxirida to‘p o‘tkazib yuborib oltin ochkolarni qo‘ldan chiqardik. Nima ham derdim bu futbol, shunaqasi ham bo‘lib turadi. Yigitlar g‘alaba uchun maydonga tushishgan edi va borlarini berib o‘ynashdi. Ularga o‘z minnatdorchiligimni izhor etaman. Hayot davom etadi... Biz esa oxirigacha kurashamiz, - dedi murabbiy.
Fikrlar