
Muhsin Nizomiddinov: "Hali men kutgan narsaga biroz bor"
Bugun pro liganing 4-tur o‘yinlari davom ettirilyapti. Bugun Farg‘onadagi “Istiqlol” stadionida “Qo‘qon-1912” nominal mezbon sifatida “Xorazm”ni qabul qildi va 3:0 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida “Qo‘qon-1912” bosh murabbiyi Muhsin Nizomiddinov ishtirok etdi.
- “Xorazm” jamoasi birinchi o‘rinda ketyapti. Bizga munosib raqib. Shunga qarab hafta davomida tayyorlandik. Ro‘za bo‘lishiga qaramay, yigitlar o‘yinni muhimligini bilib turib 90 daqiqa oxirigacha harakat qilishdi. Qo‘qondan kelib muxlislarimiz bizni qo‘llab-quvvatlab turishdi. Shuning uchun ularga ham katta rahmat.
- “Buxoro”dan uchralgan mag‘lubiyat qolgan ikkita o‘yinga katta ta’sir qildimi?
- To‘g‘ri savol. “Buxoro” bilan birinchi uchrashuv va ochilish o‘yini edi. Futbolchilarda, rahbariyat, murabbiylarda, umuman barchada bosim bo‘ladi. Boz ustiga ko‘ryapsizlar, uy uchrashuvimizni deyarli safarda o‘tkazyapmiz. Shuning uchun biroz bosim bo‘ldi. Qishda futbolchilarni nimalarga qodirligini ko‘rdik. “Buxoro” bilan uchrashuvda boshqacha taktikada o‘ynagandik. Bu yog‘iga har bir jamoaga qarab taktika tanlab o‘ynayapmiz. Bu motivatsiya bo‘ldi va futbolchilar ham o‘ziga kelib oldilar. Hali men kutgan narsaga yana biroz bor. Xudo xohlasa, to‘g‘ri yo‘nalishdamiz.
Fikrlar