
Mundial g‘olibligi uchun qaysi terma jamoa favorit? Messi javob berdi
Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi Qatarda bo‘lib o‘tayotgan jahon chempionatida qaysi jamoalarni favorit deb hisoblashini aytdi.
“Agar Kamerun bilan dueldagi omadsizlikni hisobga olmasangiz, Braziliya ajoyib o‘yin ko‘rsatmoqda. Bu jamoa chempionlik uchun asosiy davogarlardan biri hisoblanadi. Frantsiyani ham bu ro‘yxatga qo‘shmoqchiman. Bu jamoa nima qilish kerakligini aniq biladi. Ular to‘pni juda yaxshi nazorat qilishadi”, - dedi 35 yoshli hujumchi Ole nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, Argentina terma jamoasi JCh-2022ning 1/8 finalida Avstraliyani 2:1 hisobida mag‘lub etib, chorak finalga chiqdi. Yarim final yo‘llanmasi uchun Messi va uning jamoadoshlari Niderlandiya futbolchilari bilan raqobatlashadi.
Fikrlar