Mundialda qahramonga aylangan qariya Vozinya tarixga kirdi

  • 04.07.2026 07:57
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Kabo-Verde terma jamoasi darvozaboni Vozinya 2026 yildgi jahon chempionatida tarixiy natija qayd etdi.

Opta statistika markazi ma'lumotlariga ko‘ra, 40 yoshli posbon joriy musobaqada jami 18 marta darvozasini goldan qutqarishga erishgan. Shularning sakkiztasi 1/16 finalda Argentinga qarshi kechgan dramatik o‘yinda (2:3) qayd etildi. 

Shu bilan Vozinya bir jahon chempionati doirasida eng ko‘p seyv amalga oshirgan yoshi katta darvozabonlar qatoriga kirdi.

40 yosh va undan katta bo‘lgan darvozabonlar orasida bir mundialda undan ko‘p seyv qilganlar faqat ikkita darvozabon bor. Bular ingliz posboni Piter Shilton — 1990 yilda 28 ta, afsonaviy italyalik golkiper Dino Dzoff — 1982 yilda 27 ta seyv qayd etgan. 

Argentinga qarshi mag‘lubiyatga qaramay, tajribali Vozinyaning o‘yini joriy chempionatning eng yorqin chiqishlaridan biri sifatida qayd etilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!