Munguia chempionlik kamarini himoya qildi

  • 29 yanvar, 2024, 10:53
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Kecha Feniksdagi Footprint Center da Xayme Mungiya (43-0, 34 KO) va Jon Rayder (32-7, 18 KO) o‘rtasidagi jangga bag‘ishlangan boks oqshomi bo‘lib o‘tdi.

Tecno

Dastlabki besh raund butunlay Xayme uchun ataldi. U raqibini ikki marta nokdaun qilishga muvaffaq bo‘ldi. Oltinchi raundda Rayder jangga qaytdi va zarbalar bera boshladi. Sakkizinchi raund esa yana Mungiyaga ustunlik o‘tdi.

To‘qqizinchi raundga kelib meksikalik Rayderni burchakda taslim qildi. Shu tariqa, Xayme Mungiya to‘qqizinchi raundda Rayderni texnik nokautga uchratib, WBC Silver chempionlik kamarini himoya qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!