
Murod Rizaev: Yaman bilan o‘yinda Vadim Abramovdan tavakkal qilmasligini va Jaloliddin Masharipovni maydonga tushurmasligini so‘raymiz
Ayni paytda Saudiya Arabistonida jahon chempionati 2-saralash bosqichi davom etmoqda. O‘zbekiston milliy terma jamoasi Saudiyadagi markazlashgan musobaqada Singapur bilan o‘yin o‘tkazdi va 5:0 hisobida zafar quchdi. Endi hamyurtlarimizning keyingi o‘yini Yamanga qarshi bo‘ladi.
"Sport" telekanali sharhlovchisi Murod Rizaev bo‘lajak uchrashuv oldidan o‘z fikrlarini bildirdi va bosh jamoamiz ustozi Vadim Abramovga Jaloliddin Masharipovni shu kuni maydonga tushirmasligini so‘radi.
Qatar JCh-2022 ikkinchi saralash bosqichida 1-o‘rinni egalladi. Bu bizga nima beradi?
- Vadim Abramovdan juda ham iltimos qilib so‘raymiz, shu kuni Jaloliddin Masharipovni maydonga tushirmasligini. Masharipovda sariq kartochka bor. Saudiya Arabistoni hakamlarga "zakaz" qilib, unga sariq ko‘rsatib qo‘yishi mumkin, har qanday harakati uchun. Keyin oxirgi turni o‘tkazib yuboradi. Saudiyaning eng qo‘rqayotgan futbolchisi bu - Masharipov. Shuning uchun juda ko‘plab jurnalistlar va futbol jamoatchiligi Vadim Abramovdan so‘rab qolamiz, ushbu bellashuvda Jaloliddinni maydonga tushirmaslikni. Uning o‘rniga Oleg Zoteevni qo‘ysin. Chap qanot himoyasiga Ibrohimxalil Yo‘ldoshev harakat qiladi.
O‘zbekistonga yirik hisobda yutqazgan Singapur murabbiyi: Saudiya Arabistoni bilan o‘yinda ijobiy natija qayd etishni istaymiz
Ikkinchi iltimosimiz, Doston Hamdamov o‘rniga Farrux Ikromovga imkoniyat bersin. Bu bola Yamanning har qanday futbolchisidan o‘tib ketadi. O‘zini ko‘rsatadi.
Avvalo, Saudiya Arabistonini mag‘lubiyatga uchratishimizga ishonaman. O‘ylaymanki, O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2-o‘rinni olib bo‘lsa ham, keyingi bosqichga chiqadi. Chunki Turkmaniston Livanni yutib berdi. Bu bizning foydamizga ishlaydi. Hamyurtlarimiz 2-pog‘onani egallasa, 5-jamoa bo‘lib ham, 3-saralashga yo‘l oladi. Bu borada terma jamoamizga omad, - dedi Murod Rizaev.
Fikrlar
Agar bu fikrlarga murabbiylar ko'nsa, nega ularni maslahatchi qilib olmaydi ?
Yoki nega birortasi murabbiy bo'lib, biror pastroq jamoalarda o'zini sinab ko'rmaydi ?
Va oxirgi savol shunchalik maslahat beryapsilar avvalo raxmat, nega Milliy terma jamoamizga
keladigan "Ustoz"dan (yoki Ustozlardan desak ham bo'laveradi) xalq norozi.