
Murod Xonturaev 17 dekabr kuni chempionlik uchun ringga chiqadi
Aralash janglar ustasi Murod Xonturaev o‘zining navbatdagi jangini Qozog‘istonning Karaganda shahrida o‘tkazadi. 17 dekabr kuniga rejalashtirilgan ushbu jang AFCA chempionligi uchun kechadi.
Mazkur qarama-qarshilikda Xonturaevga ukrainalik Yuriy Gorbenko raqiblik qiladi. Bu sportchi faoliyati davomida 53 ta professional jang o‘tkazib, shulardan atigi 11 tasida g‘alaba nashidasini surgan.
Eslatib o‘tamiz, hamyurtimiz bundan oldingi jangini 22 noyabr kuni Bishkekda “WEF GLOBAL 10” turniri doirasida o‘tkazgan edi.
Fikrlar