Mutaxassis: "Gvardiolaning Angliyaga bosh murabbiy bo‘lishi haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi"

Angliya terma jamoasi Jahon chempionati chorak finalida Frantsiyaga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi va musobaqa bilan xayrlashdi. Bu mag‘lubiyatdan so‘ng terma jamoa bosh murabbiyi Garet Sautgeytning iste’foga chiqishi borasida ko‘plab bahs-munozaralar boshlanib ketdi. 

Angliyaning birinchi chet ellik bosh murabbiyi bo‘lgan Sven-Yoran Eriksson ushbu mavzuga oid quyidagi fikrlarini bildirdi.

"Pochettinoni Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida tasavvur qila olaman. U "Tottenxem"da ajoyib ish olib bordi. Men hali ham uning nega iste’foga chiqarilgani sababini tushunmayman. Uning qo‘l ostida futbolchilar ajoyib o‘yin ko‘rsatardi. 

Ko‘plab katta nomga ega murabbiylar hozir klubdagi ishlari bilan band. Gvardiola ham shular jumlasidan. U nima uchun Angliyani deb, "Manchester Siti"ni tark etishi kerak? Gvardiolaning Angliyaga bosh murabbiy bo‘lishi haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.

Sautgeyt ketsa, Tuxel va Pochettino eng yaxshi nomzodlar. Ammo men Garetning termada qolishini istayman", - dedi mutaxassis.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!