
Muxlis minbari: Mirazizbek Mirzaxalilovning professional boksdagi imkoniyati qanday?
Boxer TV kanali bilan birgalikda yangi “Boks muxlislarining bugungi kun mavzusi” deya nomlangan loyihaga qo‘l urmoqdamiz. O‘ylaymizki, bu o‘ziga xos an’anaga aylanadi.
Mazkur loyihada yurtimizdagi ma’lum bir boks ihlosmandlarining ko‘tarilgan mavzu borasidagi qarashlari va mulohazalarini taqdim etib boramiz. Yana shuni qo‘shimcha qilish lozimki, bemalol har qanday boks ishqibozlari o‘z fikrlarini maqola ostidagi komentariy orqali bildirishlari mumkin.
Demak, bugungi ilk sonida muxlislar o‘rtasida ko‘tarilgan Mirazizbek Mirzaxalilovning professional boksdagi imkoniyatlari borasidagi mavzuga doir fikrlarini taqdim etamiz.
Fikrlarni originalligini saqlagan holda, ko‘p o‘zgartirishlar kiritmaslikka harakat qildik.
✵FrαηcHεsK๐๐✵,
Shu Mirazizbek Mirzaxalilov ham profiga o‘tsa yaxshi bo‘lardida. Anchasini joyiga keltirib qo‘yardi.
Jalol Axmedov,
Olimpiada o‘yinlaridan keyin o‘tadi.
Sanjar_,
Ozgina sabr va u ham o‘tadi profiga.
✵FrαηcHεsK๐๐✵,
63 kg vazn toifasiga tortarmikan, jussasi va imkoniyati? Sababi undan pastki dvizionda Murodjon chempion.
SANJARBEK,
Siz aytgan vaznda (63.5 kg) Shahram bor. Miraziz profiga o‘tsa, katta ehtimol bilan 55 da Murodjon va Ubay(Abdulxay Shorahmatov nazarda tutilmoqda)ni vaznida yoki 53 kgda faoliyat olib borsa kerak.
S,
Sanjarbek tug‘ri aytdi. Havaskorda 57 da harakat qilib, profda 63 kgda chikadimi? Aksincha, profida havaskordan pastroq vaznda jang qiladi. 53 yoki 55 kg bo‘lishi mumkin.
Bekzod,
53 kgda emas. 55 to‘g‘riroq bo‘lsa kerak.
Jalol Axmedov,
Yaxshi dieta bilan yursa, bitta jang uchun 53 ga vazn tashlasa bo‘ladi.
Bekzod,
53 kgda hozir Naoya Inoue etakchi. Miraziz bu vaznda chempionlik jangiga borgunga qadar, u vaznini ko‘tarib, daf bo‘lsa kerak.
✵FrαηcHεsK๐๐✵,
Naoya Inoueni sochini oladi Miraziz! U shunchaki profida kamida 6 raund harakat qilishni o‘rganishi kerak bo‘ladi.
Bekzod,
Inoueni darajasiga chiqishga hali ancha bor Mirazizga.
Avazbek,
Inouega “master klass” o‘tadi. Nimasi kam undan. Mirazizga farki yuk. Har bir raqibga tez moslashadi. Kerak bo‘lsa, hozirni uzida 12 raundga tayyor.
Xamidov :),
Mirazizda asosiysi kuchli xohish bor.
Bekzod,
Xohish ham muhim, bu o‘sishga olib keladi. Lekin boksda kuchli xohishni o‘zi kamlik qiladi. Har bir bokschini o‘z darajasi va maksimum imkoniyati bor. Hech kim o‘z darajasidan baland sakray olmaydi. Shuni inobatga olib gapirdim.
Izzatillo,
Nimagadir yaponlar o‘zbeklar bilan tushgisi kelmaydi.
Abdullajon,
Miraziz professional boksga o‘tib, yaxshi moslasha olsa, Isroilga o‘xshab 1-jangidan kamarga chiqsa bo‘ladi.
Avazbek,
Murodjon professional boksga tayyor edi. Shuning uchun xam 8-jangida chempion buldi. Isroil, Bektemir xam tayyor bo‘lgan. Menimcha shular katoriga Mirazizni qushsak ham bo‘ladi.
Jasur_ Bek,
Endi u qanaqa promouter bilan hamkorlik qilishiga ham bog‘liqda... Olimpiada chempioni bo‘lib, profiga o‘tsa va yaxshi promouterlik kompaniyasi bilan hamkorlik qilsa, Miraziz bemalol chempion bo‘lishi mumkin.
Abdullajon,
Katta ehtimol bilan “Mir boks”ga o‘tsa kerak. Terma jamoadagi ko‘pchilik ushbu promouterlik kompaniyasi bilan shartnoma imzolaganku.
S,
Miraziz profda 5-6 jang o‘tkazishi kerak. 1-jangidan undan katta natija kutish mantiqsizlik. Olimpiadadan keyin 1- jangini o‘zida Inoue bilan to‘qnash kelsa, aniq yutqazadi. Profda tajriba ortirib keyin tushsa, undan katta natija kutsa bo‘ladi
Mavlon@0228,
Miraziz profiga mos tushadi. Uning himoyasi zo‘r... Faqat to‘g‘ri yo‘nalish tanlab, tajriba orttirish kerak.
Jalol Axmedov,
Nechta jangdan keyin chempionlikka chiqishni oldindan reja qilib qo‘ymagan maqul. Sportchining holatiga qarab, har bir jangdan so‘ng, chama olinishi mumkin. Misol uchun, 6 ta jangdan ko‘paytirmaslik kerak degan fikrga qo‘shilaman. Kerak vaziyatda 10 yoki 15 tagacha ham jang qilish talab qilinadi.
Avazbek,
Ukrainalik bokschilari o‘rtacha 10 ta jangdan keyin chempion bo‘lishyapti.
Bekzod,
Mirazizbek Mirzaxalilovning professional boksda qanday natijalarga erishishi bir nechta muhim faktorlarga bog‘liq. Agar, Mirazizni Tokio Olimpiadasidan so‘ng, darhol professional boksda faoliyatini boshlaydi, deb hisoblasak, quyidagi omillar uning professional ringdagi natijalarini belgilab beradi :
- Promouter. Barchamizga ma’lumki, professional bokschining muvaffaqiyatida asosan unga promouterlik qilayotgan kompaniyaning ahamiyati beqiyos. Promouter bokschining janglarini tashkil qiladi. Uni tezroq chempionlik jangiga olib chiqish uchun eng qulay va xavfsiz yo‘llardan ustomonlik bilan foydalanadi.
Hozirgi kunda Super Bantamweight (55 kg) vazn toifasida 2 yo‘nalish chempioni sanaladigan yurtdoshimiz Murodjon Ahmadaliev bu natijaga erishishi uchun atiga 8 ta jang o‘tkazishi kifoya bo‘lgan va bu uning promouterlari tomonidan amalga oshirilgan ajoyib strategiyaning mahsulidir ( yana bir bokschimiz Isroil Madrimov haqida ham shunday fikr bildirish mumkin.
Atiga 5 ta jangdan so‘ng WBA jahon chempionlik kamari (WBA regular) uchun rasmiy da’vogarga aylangan).
Agar, Mirzahalilov ham tez fursatlar ichida unga chempionlik uchun janglarni va’da qiladigan promouterlik kompaniyasi bilan shartnoma imzolasa, uning faoliyati ijobiy kechishiga ishonsak bo‘ladi;
- Tokio Olimpiadasidagi natijasi - professional boksga Olimpiada chempioni sifatida yo‘l olishi uning promouterlar uchun qiziq variantga aylanishiga yo‘l ochishi turgan gap;
- Professional boks uslubiga adaptatsiya - Darhaqiqat, havaskor boks uslubi va professional boks bir-biridan tubdan farq qiladi. Havaskor boks asosan, doimiy pressing va ochko beradigan zarbalar berishga intilishdan iborat.
Professional ringda esa vaziyat mutlaqo boshqacha : butun bahs taqdirini birgina aniq va kuchli zarba, hakamlik, mezbonlik va promouterlik (jang qaysi bokschiining promouteri tomonidan tashkil etilsa, ana shu tomonda biroz bo‘lsa-da, g‘alaba qozonish imkoniyatlari ko‘proq bo‘ladi) faktorlari hal qilib qo‘yishi mumkin. Bokschining o‘zidan esa har bir raqibga qarshi alohida taktika bilan ishlab, jang olib borish talab etiladi;
- Amerika faktori - Shubhasiz, professional boksning asosiy markazi AQSh sanaladi. Bokschi ko‘proq gonorar ishlashi, eng kuchli promouterlar nazariga tushishi uchun Amerikada janglarini o‘tkazishi kerak. Shuningdek, AQSh da muvaffaqiyat qozonishning muhim omillaridan biri bu - bokschining nokautchi bo‘lishi. Amerikada nokautchi bo‘lmasangiz, siz asosiy boks auditoriasi uchun qiziqarli emassiz, va hech kim siz uchun pul tikishni xohlamaydi. Mirazizbekdan ham zarba kuchini yanada takomillashtirishi va texnikasi ustida tinmay mehnat qilishi talab etiladi;
- Vazn faktori - ya’ni Mirzaxalilovning qaysi vaznda o‘z janglarini o‘tkazishi ham juda muhim. Chunki professional boksda jami 17 ta vazn toifasi mavjud bo‘lib, ularning barchasida ham raqobat bir xil emas : 66 kg, 72 kg va eng og‘ir vaznlar (+91 kg) da raqobat qolgan toifalardan yuqori bo‘lsa, og‘ir vazn (91 kg gacha) va eng engil vaznlarda ( 49 kg va 51 kg) da raqobat nisbatan engilroq kechadi.
Mirazizbekning odatiy vazni 57-58 kg ekanini va havaskor boksda 57 kg vaznda janglar olib borishini inobatga olsak, professional boksda u 55 kg yoki 53 kg da jang olib borishi mumkin. 55 kg vaznda Murodjon Ahmadalievdan tashqari Rey Vargas va Emmanuel Navarrette singari juda kuchli bokschilar bor.
53 kg vaznda esa engil vaznlarning "qirol"i yaponiyalik Naoya "Monstr" Inoue hozirgi kunda asosiy kamarlarni o‘ziniki qilib turibdi. Subektiv fikrga ko‘ra, Mirzaxalilov aynan 53 kg da janglarini o‘tkazishi kerak, chunki Naoya katta ehtimol bilan yana vazn ko‘taradi va yuqori vaznlarda o‘z faoliyatini davom ettirishi natijasida 53 kg vazndagi kamarlar vakant qoladi va Mirazizbek mana shu chempionlik kamarlaridan biri uchun bemalol harakat qilishi mumkin.
Yuqorida sanab o‘tilgan 5 ta faktor hamyurtimiz Mirazizbek Mirzaxalilovning ptofessional boksda qanchalik ijobiy natijalar ko‘rsatishiga ta’sir qiladi va shaxsiy fikrim bo‘yicha, agar Mirazizbek yuqorida omillarni muhimligini anglagan holda ularga amal qilsa, tez fursatlarda uni jahon chempionlik kamariga ega bo‘lgan navbatdagi yurtdoshimiz sifatida tilga olishimiz mumkin bo‘ladi.
Shaxboz,
Menimcha Mirazizni imkoniyati juda yukori profida!
Xullas, bugungi kun munozarasida bir-biriga zid bo‘lgan fikrlar, o‘zaro bahslar juda chiroyli ko‘rinish oldi. Yakunda, ushbu mavzu bo‘yicha mulohazalar shuni ko‘rsatdiki, Mirazizbek Mirzaxalilovning professional boksdagi imkoniyatlari ham muxlislar tomonidan yuqori baholanmoqda.
Bungacha esa hali ancha vaqt bor. Avvalo, yurtdoshimizning oldida muhim bo‘lgan Tokio Olimpiadasi turibdi. Shunday ekan, ushbu to‘rt yillikning eng nufuzli turnirida hamyurtimizga omad yor bo‘lishini tilab qolamiz!
Fikrlar