Muxlislar professional bokschilarimizni kimlar bilan jang qilishini xohlamoqda? (So‘rovnoma)

  • 9 iyul, 2020, 15:43
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

O‘zbekistonlik professional bokschilar jahon ringlarida o‘z so‘zini aytmoqda. Biz professional boks ixlosmandlariga internet orqali “O‘zbekistonlik charmqo‘lqop ustalarining o‘z vazn toifasida qaysi yulduzlar bilan jang qilishini xohlardingiz?”, -  degan savol bilan murojaat qildik.

Quyida bu boradagi  fikr va mulohazalarni ba’zilarini taqdim etamiz.

Bez nazvaniya (38)

Avazbek:

Men Bektemir Meliqo‘zievni qozog‘istonlik Ali Ahmedov bilan jang qilishini xohlar edim. Havaskor boksdagi printsipial raqiblarning profidagi qarama-qarshiligi ham qiziq ko‘rinish oladi. Jang, O‘zbekiston yoki Qozog‘istonda bo‘lsa, juda katta ajiotaj bo‘lishi aniq.

Islomxon Shodmonxo'jayev:

Shohjahon Ergashevni Rejis Progreys bilan jang qilishini xohlar edim. Ergashev oxirgi jangidan so‘ng, chempionlik to‘qnashuvini berishlarini va u tayyor ekanligini aytdi. Shuni inobatga olib, promouterlari bu ishni uddalay olsa, bu omil chempionlik jangiga yaqinlashtirishi mumkin.

Qudratillo

Izzatillo:

Murodjon Ahmadaliev – Naoya Inoue, Shohjahon Ergashev – Mario Barrios, Isroil Madrimov –Erislandi Lara janglari bo‘lishi mumkin. Bahodir Jalolov va Aleksandr Povetkin to‘qnashuvini ham kutmoqdaman. To‘g‘ri, kimdir bu fikrga kulishi ham mumkin. Biroq, Shahram yoki Shohjahonning Josh Teylorga qarshi jang qilishidan ko‘ra, bu to‘qnashuv bo‘lishining ehtimoli yuqori... Azizbek Abdug‘ofurov – David Benavides qarama-qarshiligi ham haqiqatga yaqin. Agar, ushbu bahsda Azizbek g‘alaba qozona olsa, piar qilmasdan ham chempion bo‘la olishini guvohi bo‘lar edik. Shuningdek, Hasanboy Do‘smatov va tailandlik 54-0 rekordga ega Menayotin, Vaenxong jangini ko‘rish ham qiziqarli bo‘lardi. Qudratillo Abduqahhorov-Menni Pakyao jangi biz uchun tarixiy voqelikka aylanardi, desam mubolag‘a bo‘lmaydi. Chunki Menni afsona! Agar, natija salbiy ko‘rinish olsa ham afsonaga yutqazadi. Mabodo g‘alaba qozona olsa, bu yog‘i... Bektemir Meliqo‘zievni rossiyalik Fyodor Chudinov bilan jang qilishini istardim. Bu jang yurtdoshimizning elit bokschilar bilan ringga ko‘tarilishiga yo‘l ochar edi.

JASURBEK:

-  Shahram G‘iyosov –Mario Barrios, Shohjahon Ergashev – Ivan Baranchik jangi ajoyib bo‘lar edi. Baranchikka qarshi jangda Ergashevning asl kuchiga baho berish mumkin bo‘ladi. Shuningdek, Bektemir Meliqo‘ziev – Fyodor Chudinov hamda Isroil Madrimov – Erislandi Lara janglarini kutmoqdaman. 

Azizbek abdu-ofurov

Farhodjon Ma'murov:

Shohjahon bilan Ivan Baranchik jangini ko‘rgan bo‘lardim. Har ikkisi ham o‘ta agressiv harakat qilishadi. Bu to‘qnashuv bo‘lsa, jang jarohatlar bilan yakunlansa kerak. Madrimov- Jermell Charlo jangi esa, juda keskin va shiddatli bo‘lardi. Charloning jismoniy holati ajoyib, Isroilning esa, texnikasi mukammal. Bektemir bilan “Kanelo” yoki GGG ham bo‘laverardi. To‘g‘risi, “Kanelo” Bekka qarshi qiynalishi aniq. Shahram-Barrios jangi ham qiziq o‘tishi tayin. Lekin super Mario Shahramni anchagina qiynasa kerak. MJ Kaka (Murodjon Ahmadaliev) –Luis Neri bilan Bahodir Jalolov- Deontay Uaylder bilan jang qilsa, zo‘r bo‘lar edi.

Bekzod:

Bektemir Meliqo‘ziev – David Benevides (2022 yilda), Shahram G‘iyosov – Mario Barrios (2021 yilda), Isroil Madrimov – Jarret Xyord (2021 yil boshi), Shohjahon Ergashev – istalgan kuchli bokschi.

boxo

JasurBeK:

Bektemir Meliqo‘ziev –  Fyodor Chudinov, Shahram  G‘iyosov – Ivan Baranchik, MJ Kaka – Rey Vargas, Shohjahon – Josh Teylor & Xose Ramiresning yutgani bilan mutloq chempionlik uchun. Madrimov qanchalik chempionlikka yaqinlashgan sari, har bir yo‘nalishdagi raqiblari qiyinlashib boraveradi. Baribir Madrimov uchun eng noqulay raqib, Jermell Charlo bo‘ladi. To‘g‘risi, hozirda  Madrimov, Abduqahhorov, Ergashevning chempionlik jangida ringga ko‘tarilishning o‘zi muammo...

I.Mahmudjon.A:

Shohjahon – Rejis Progreys, Shahram – Xose Ramires, Madrimov- Jermell Charlo, Bektemir – “Kanelo”.

961576656353

Dilshod Latipov:

Shohjahon Ergashev hozircha Liam Paro bilan jang qilsa yaxshi bo‘lar edi. Chunki, Paro IBF reytingida uchinchi, WBOda ikkinchi o‘rinda bormoqda. Shohjahon mos ravishda oltinchi va o‘n birinchi o‘rinda qayd etilgan. Agar, Ergashev nokaut bilan yutsa, IBF va WBO reytingida anchagina ko‘tarilib, chempionlik kamarlariga majburiy da’vogar bo‘lishi osonlashar va Josh Teylor hamda Xose Ramires bilan jang qilish ehtimoli kuchayardi. WBA yo‘nalishida Josh Teylor bilan jang qilishi juda qiyinga o‘xshaydi.

shoh

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!