Muxlisni tepgan Evraga qattiq jazo qo‘llandi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

UEFA tartib-intizom qo‘mitasi Frantsiyaning “Marsel” klubi himoyachisi Patris Evraga qo‘llangan jazoni ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, 36 yoshli futbolchi 2018 yilning 30 iyuniga qadar evrokuboklarda o‘ynay olmaydi. Bundan tashqari Evra 10 ming evro miqdoridagi jarima ham to‘laydigan bo‘ldi. “Marsel” esa 25 ming evro miqdoridagi jarima to‘laydigan bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, Patris Evra 2 noyabr sanasida Evropa ligasi 4-turidan o‘rin olgan “Vitoriya Gimaraynsh”ga qarshi bahs oldidan frantsuz klubi muxlisini tepgani uchun maydondan chetlatilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!