MYu 30 million evroga olgan hujumchisidan foydalana olmaydi
“Manchester Yunayted” rahbariyati “Atalanta” hujumchisi Amad Traore transferini hal qildi. 18 yoshli futbolchi uchun inglizlar 30 million evro to‘lashga va keyinroq turli bonuslar ajratishga rozi bo‘ldi.
Sulsher kuchli o‘yinchilarga ehtiyoj sezayotgan bo‘lsa-da, Traoredan 2021 yilning yanvarigacha foydalana olmaydi. Bu Angliyada ishlash uchun ruxsat olishdagi murakkab tizim bilan bog‘liq.
Traore “Atalanta” tarbiyalanuvchisi hisobalanadi va asosiy tarkibga 2019 yili qabul qilingan. Ivuarlik hujumchi o‘tgan mavsum A Seriyada uchta o‘yinda maydonga tushdi. Jami 24 daqiqa o‘ynagan Traore bitta gol urishga ham muvaffaq bo‘ldi.

Fikrlar