
MYu afsonasi "Barselona"ga "tosh otdi" va Kundeni xavfdan ogohlantirdi
"Manchester Yunayted" sobiq himoyachisi Gari Nevill Jyul Kundening transferiga o‘z munosabatini bildirdi.
Frantsiyalik futbolchi "Sevilya"ni tark etib, "Barselona"ga ko‘chib o‘tdi. U kecha kataloniyaliklar safida tibbiy ko‘rikdan o‘tdi va shu kunning o‘zida mazkur transfer e’lon qilindi.
"Kunde qachondir "Barselona" undan qutulishni istasa, hatto maoshini ham ololmasligini bilarmikan", - dedi Nevill.
Avvalroq, angliyalik o‘yinchi "ko‘k-anorranglilar" olib borayotgan siyosatni tanqid qilib, yarim himoyachi Frenki De Yongga nisbatan bo‘layotgan munosabat uchun klubni sudga berishga undagan.
Fikrlar