
MYu bo‘lajak raqiblarini kuchayishiga yo‘l qo‘ymoqchi emas
"Manchester Yunayted" Kris Smolling va Aleksis Sanchesni A Seriya mavsumi yakunlanganidan so‘ng jamoa ixtiyoriga qaytarishni rejalashtirmoqda.
Sky Sports nashriga ko‘ra, "Inter" va "Roma"ning futbolchilardan Evropa Ligasi bahslarida ham foydalanish haqida ingliz klubiga yuborgan iltimosnomasi rad etildi.
"Inter" va "Roma MYuga Evropa Ligasining keyingi bosqichlarida raqib bo‘lish ehtimoli mavjud, mankunianliklar esa raqobatchi klublarining kuchayishiga yo‘l qo‘ymoqchi emas.
Oldinroq, "Manchester Yunayeted" va "Inter" o‘zaro futbolchi almashtirishi haqida xabar berilgan edi.
Fikrlar