
MYu Braziliya terma jamoasi hujumchisini sotib olmoqchi
"Manchester Yunayted" o‘z tarkibini kuchaytirish ustida ishlamoqda. Jamoa bosh murabbiyi Ruben Amorim ilgari bir yoki bir nechta yirik futbolchilarni sotib olish istagini bildirgandi.
Jurnalist Ben Jeykobsning ma’lumotlariga ko‘ra, “qizil iblislar” “Vulverxempton” hujumchisi Mateus Kunyani nishonga olishgan. Manchester klubi Chempionlar Ligasiga yo‘llanma ololmasa ham, bu transfer amalga oshishiga to‘sqinlik qilmaydi.
Mateus Kunya joriy mavsumda 29 ta o‘yinda maydonga tushib, 15 ta gol urdi. 25 yoshli futbolchi Braziliya milliy terma jamoasida ham to‘p suradi. "Transfermarkt" portaliga ko‘ra, uning bozor qiymati 55 million evroga teng.
Fikrlar