
MYu braziliyalik futbolchini orzusiga etkazadi
“Manchester Yunayted” rahbariyati yozgi transferlar vaqtida “Yuventus” yarim himoyachisi Duglas Kostoani sotib olmoqchi. Braziliyalik futbolchi turinliklarning yangi murabbiyi Andrea Pirloning rejalariga kirmaydi.
Manchesterliklar bu futbolchi uchun 40 million evro to‘lashga tayyor. Bu summa “Yuventus”ga ham ma’qul kelgan.
Duglasning o‘zi Braziliyada o‘ynab yurgan paytlaridayoq, Angliya premer-ligasida to‘p surishni orzu qilardi. Agar bu transfer amalga oshsa, Sulsher Duglasni orzusiga etishiga sababchi bo‘lgan murabbiyga aylanadi.
Fikrlar