MYU bu futbolchi transferidan voz kechish niyatida emas
"Manchester Yunayted" "Brayton" yarim himoyachisi Karlos Baleba transferidan voz kechmaganini ma'lum qildi. Bu haqida "Topskills Sports UK" nashri xabar bermoqda.
Manba ma'lumotiga ko‘ra, "qizil iblislar" yozgi transfer oynasida Balebani o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtiryapti. Biroq "chaykalar" xavbekni sotmasligi qaror qilgan. Klub rahbariyati kamerunlik futbolchi uchun 115 million evrodan kam bo‘lgan taklifni ko‘rib chiqish niyatida emas.
22 yoshli futbolchining ayni vaqtda transfer bozoridagi narxi 60 million evroga baholanmoqda. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yozigacha amal qiladi.
Eslatib o‘tamiz, Karles joriy mavsum "Brayton" safida 19 ta uchrashuvda maydonda harakat qilishga erishdi.
Fikrlar