
MYu darvozaboniga klubning azaliy raqiblari da’vogarlik qilmoqda
"Manchester Yunayted" darvozaboni Serxio Romero faoliyatini ingliz klubida davom ettirishi mumkin.
Argentinalik darvozabon ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish uchun o‘ziga yangi jamoa qidirishni boshlab yubordi.
ESPN nashri Romero xizmatlariga "Everton" va "Lids" klublari qiziqish bildirayotgani haqida xabar bermoqda.
Joriy mavsumda golkiper Evropa Ligasi doirasida ettita o‘yinda maydonga tushdi.
Fikrlar