
MYu darvozasini kim qo‘riqlaydi?
“Manchester Yunayted” rahbariyati asosiy darvozabon David de Xea o‘yinidan qoniqmaganligi ortidan Din Xendersonga imkoniyat berishga qaror qildi. 23 yoshli Xenderson o‘tgan mavsumda “Sheffild” tarkibida ijara asosida o‘ynadi va ishonchli harakatlari bilan qator klublardan taklif olmoqda.
Manchesterliklar yosh darvozabonga besh yillik yangi shartnoma taklif qilmoqchi. Uning amaldagi shartnomasi yakunlanishiga yana ikki yil bor.
Xendersonning o‘zi klub rahbariyatini agar asosiy tarkibdan joy olmaydigan bo‘lsa, boshqa klublar taklifini qabul qilishi haqida ogohlantirgan. Xenderson joriy mavsumda APLda 36 ta uchrashuvdan sakkiztasida o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.
Fikrlar