
MYu futbolchisi jamoadan ketishga qaror qildi
"Manchester Yunayted" futbolchisi Jessi Lingard jamoadagi holatidan mamnun emas. U ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmoqchi.
Shu sabab angliyalik iqtidor sohibi boshqa klubga ko‘chib o‘tmoqchi. Unga ayni payt "Nyukasl" jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Futbolchi mavsumni MYuda yakunlashga qarshi emas. Biroq yozda u "qizil iblislar" bilan shartnomani bekor qilib, erkin agent sifatida "qarg‘alar" vakiliga aylanishni maqsad qilgan.
Ma’lumot o‘rnida, Jessi Lingard joriy mavsum APLning 12 o‘yinida 2 gol urishga muvaffaq bo‘lgan.
Fikrlar