MYu futbolchisi yangi mavsumni Frantsiyada boshlashi mumkin

  • 22 mart, 2019, 09:02
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" klubi yarim himoyachisi Ander Errera faoliyatini Frantsiya chempionatida davom ettirishi mumkin.

Tecno

The Sun nashrining xabar berishicha 29 yoshli ispaniyalik futbolchini PSJ klubi o‘z safida ko‘rmoqchi. Parijliklar unga haftasiga 150 ming funt maosh va’da qilishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq MYu Errera bilan shartnomani uzaytirishi haqida xabarlar tarqalgan edi. Qayd etish lozimki, uning mankuanliklar bilan amaldagi kelishuvi joriy mavsum yakunida o‘z nihoyasiga etadi.

Ma’lumot uchun, Errera joriy mavsum jami 26ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 3ta gol yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!