"MYu" hujumchisi "Inter"ga o‘tishga rozilik berdi

  • 19 iyul, 2017, 12:03
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

Tecno

“Manchester Yunayted” jamoasi hujumchisi Antoni Marsyal o‘z faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettirishga juda yaqin turibdi.

“Inter” 21 yoshli futbolchini ijara asosida o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Klub va Marsyal shaxsiy shartnoma borasida  kelishuvga erishdi. Endi “qizil iblislar” rahbariyatini ko‘ndirish qoldi.

Avvalroq “Inter” Antoni Marsyal evaziga Ivan Perishichni “MYu”ga jo‘natishi mumkinligi haqida xabarlar paydo bo‘lgandi.

O‘tgan mavumda Marsyal APLning 25 o‘yinida ishtirok etib, 4 ta gol urdi va 6 ta golli pasga mualliflik qildi. Frantsiyalik forvardning “MYu” bilan shartnomasi 2019 yilgacha mo‘ljallangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!