
MYu Xarri Keyn transferidan voz kechishi mumkin
Manchester Evening News nashri xabariga ko‘ra, Odion Igalo "Manchester Yunayted"ni Xarri Keyn transferidan voz kechishga majbur qilishi mumkin.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, Odionning ko‘rsatayotgan o‘yini "qizil iblislar" murabbiylar shtabini qoniqtiradigan bo‘lsa, unda MYu 150 million evroga baholanayotgan angliyalik futbolchining transferini amalga oshirmaydi.
Eslatib o‘tamiz, "Shanxay Shenxua"dan mavsum yakunigacha ijaraga olgan 30 yoshli futbolchi klub safida 8 o‘yinda 4 ta gol kiritdi.
Fikrlar