MYu Kazemironing o‘rniga 115 million yevroga futbolchi olib kelmoqchi

  • 09.02.2026 18:37
  • Abdukarim Atayev
  • 0
  • Futbol

"Manchester Yunayted" Kazemironing ketishiga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Klub allaqachon yangi tayanch yarim himoyachi qidirmoqda.  Bu haqida "Telegraph" nashri ma’lum qildi, 

Manba ma’lumotiga ko‘ra, ayni vaqtda "qizil iblislar" "Nyukasl" havbeki Sandro Tonalini nishonga olgan. Bu MYUning yaqin kelajakdagi asosiy maqsadlaridan biri hisoblandi. Shu bilan birga Manchester klubida tayanch zonasi uchun boshqa nomzodlar ham bor, ammo ular klub rahbariyatiga unchalik ma’qul kelmagan. Ma’lum bo‘lishicha,  "qarg‘alar" Tonali transferida 115 million yevro ishlab olishni rejalashtirmoqda. Shuningdek, Sandroning xizmatlariga "Arsenal", "Chelsi" va "Yuventus" klublari qiziqish bildirmoqda. 

 25 yoshli futbolchining hozirda "transfermarkt" portalidagi narxi 75 million yevroni tashkil etadi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yozigacha mo‘ljallangan. 

Ma’lumot uchun, italyalik yarim himoyachi joriy mavsum "Nyukasl" safida 27 ta uchrashuvda maydonga tushib, 5 ta golli uzatma amalga oshirishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!