
MYu Lingardga yangi shartnoma taklif qiladi
"Manchester Yunayted" klubi jamoa yarim himoyachisi Jessi Lingard bilan amaldagi shartnomani uzaytirmoqchi. Bu haqda ESPN nashri xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra mankuanliklar 2021 yilda shartnomasi yakunlanadigan 27 yoshli angliyalik futbolchiga yangi shartnoma taklif qilishadi. Uning hozirgi yillik maoshi esa 3 mln evroni tashkil etadi.
Ma’lumot uchun, Lingard joriy mavsum MYu safida 23 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol hamda 1 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar