"MYu" muxlislari futbolchilar bilan birga Mourinoni hafa qilishdi

  • 11 yanvar, 2017, 15:25
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO
 
 
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourino Angliya ligasi kubogi yarim finali dastlabki uchrashuvida "Xall Siti"ga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvda o‘z shogirdlari qatori jamoa muxlislaridan ham hafa bo‘ldi.
 
"Old Trafford" stadionida bo‘lib o‘tgan uchrashuv davomida futbolchilarning ishonsiz o‘yini va muxlislarning jamoani sust qo‘llab-quvvatlagani portugaliyalik mutaxassisga yoqmadi.
 
- O‘yin davomida kayfiyatim buzildi, - dedi Joze Mourino. - Raqib himoyada mustahkam turdi. Shogirdlarim esa bo‘sh o‘ynadi. Endi o‘z maydonimizda "Liverpul" bilan o‘ynaymiz. Bo‘lajak bahsda futbolchilar ham, muxlislar ham kuchayishi kerak.
 
 
"Manchester Yunayted" Angliya ligasi kubogi uchrashuvida "Xall Siti"ni 2:0 hisobida mag‘lub etdi.
 
SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!