MYu muxlislari uchun xushxabar

"Manchester Yunayted" himoyachilari Lyuk Shou va Brendon Uilyams kecha "Sautgempton"ga qarshi o‘yinda jarohat olib, maydonni barvaqt tark etgandi.

Uchrashuvning 72-daqiqasida Shou o‘ng oyog‘ini qayirib oldi va 75-daqiqada o‘z o‘rnini Brendon Uilyamsga bo‘shatib berdi. Uilyams esa 90-daqiqada raqib futbolchisi bilan to‘qnashib, uchrashuvni yakunlay olmadi.

Bugun erta tongda esa har ikkala futbolchi klub bazasiga tashrif buyurib, umumiy guruh mashg‘ulotlarida ishtirok etdi.

0_JS215245470.jpg

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!