MYu posbonini "Nyukasl"da kutishyapti

"Manchester Yunayted" darvozaboni Din Xendersonga "Nyukasl" klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda. Britaniya manbalarining xabar berishicha, futbolchi allaqachon "qarg‘alar" bilan kelishuvga erishgan. 

U Manchester klubida birinchi raqamli darvozabon roliga ega chiqa olmadi. Din boshlang‘ich tarkibda kamdan-kam ko‘rinish berdi. 

Ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish maqsadida ham angliyalik posbon jamoasini o‘zgartirishga qaror qilgan. Ayni payt Xendersonning MYudan ketishi deyarli aniq bo‘lib ulgurgan. Ma’lumotlarga qaraganda, "Nyukasl"da unga asosiy darvozabon roli ishonib topshiriladi. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!