MYu PSJga Pogbaning narxini e’lon qildi
Avval xabar berilganidek, PSJ o‘z safiga “Manchester Yunayted” xavbeki Pol Pogbani qo‘shib olmoqchi. Buni shaxsan jamoaning yangi bosh murabbiyi Maurisio Pochettino xohlamoqda.
Le10sport tarqatgan xabarga qaraganda, “qizil iblislar” ham agar 27 yoshli futbolchi uchun 83 million evrolik taklif bo‘lsa, uni ko‘rib chiqishga tayyor. Shu sababli ushbu transfer yanvarda amalga oshirilishi mumkin.
Pol Pogba joriy mavsum APLda 13 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 1 ta gol yozdirib qo‘ydi. Uning MYu bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar