
MYu rahbariyati de Xea va Pogbaning talabini bajarmoqchi
"Manchester Yunayted" klubi rahbariyati jamoa etakchilari David de Xea va Pol Pogbalarning maoshini oshirib berishga tayyor. Bu haqda The Times nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra mankuanliklar yuqoridagi futbolchilarning har ikkalasini ham jamoada saqlab qolishmoqchi. Ispaniyalik darvozabon va frantsiyalik xavbekning ham jamoada qolish uchun qo‘ygan yagona talabi bu katta maosh edi. Rahbariyat esa oxiri ularning bu boradagi talabini qondirishga rozi bo‘lgan.
Biroq, yana bir narsani unutmaslik lozimki, agar MYu mavsum yakunida Chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritolmasa, barcha futbolchilarning maoshi 25 foizga kamaytiriladi.
Ma’lumot uchun, “Manchester Yunayted” ayni damda 64 ochko bilan APL musobaqa jadvalida 6-o‘rinni egallab turibdi.
Fikrlar