MYu "Real" ko‘zlayotgan futbolchini ilib ketmoqchi
"Manchester Yunayted" klubi "Ayaks" yarim himoyachisi Danni van de Bekni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu haqda Marca nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra “qizil iblislar” 22 yoshli gollandiyalik futbolchini yozgi transferlar davrida sotib olishmoqchi. Biroq, bu ularga oson kechmasligi aniq. Chunki, van de Bekka shuningdek “Real” Madrid ham ashaddiy da’vogar hisoblanadi.
Shularga qaramasdan “Ayaks” van de Bekni yana bir mavsum o‘zida saqlab qolishni rejalashtirmoqda. U joriy mavsum 37 ta o‘yinda maydonga tushdi va 10 ta gol hamda 11 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.



Fikrlar