MYu Sanchoning iqtidoriga ishonadi. Shu sabab, klub uni to‘liq sotib yubormoqchi emas

  • 6 yanvar, 2024, 13:34
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" vakili Jeydon Sancho qishki transferlar oynasi chog‘ida jamoasini o‘zgartirishi mumkin. Uni sobiq klubi "Borussiya" ijaraga olmoqchi bo‘lib turibdi. 

Dortmundliklar futbolchini sotib olish sharti bilan ijaraga olmoqchi. Biroq "qizil iblislar" rahbariyati Sanchoni to‘liq sotib yubormoqchi emas. Insayder Fabritsio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, manchesterliklar angliyalik futbolchiga yangi mavsumda yana imkon berishni reja qilyapti.

Eslatib o‘tamiz, Jeydon 2021 yilning yozida 85 million evro evaziga "Borussiya"dan "Manchester Yunayted" safiga ko‘chib o‘tgan edi. U avgust oyidan beri bosh murabbiy Erik Ten Xag bilan urishib qolgani sabab maydonga tushirilmadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!