MYu sobiq futbolchisi Masharipov bilan bir jamoada o‘ynashi mumkin

CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" sobiq futbolchisi Jessi Lingard faoliyatini Saudiya Arabistoni chempionatida davom ettirishi mumkin. Bu haqda "Goal" nashri xabar tarqatdi.

Tecno

Manbaning yozishicha, angliyalik yarim himoyachi xizmatiga "Al-Nassr" qiziqish bildirmoqda. Riyodliklar shuningdek "Lion" himoyachisi Jeyson Denayerini ham o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

Ma’lumot uchun, legionerimiz Jaloliddin Masharipov harakat qilayotgan "Al-Nassr" o‘tgan mavsum chempionatda 3-o‘rinni qo‘lga kiritgan edi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!