
MYu sobiq futbolchisi: "Siti"ni faqat bitta klub to‘xtata oladi
“Manchester Yunayted” sobiq futbolchisi Garri Nevill joriy mavsum Angliya Premer-ligasida “Manchester Siti”ga qaysi klub raqobat qila olishini aytdi.
-“Liverpul”? Ularga Yangi yilga yaqin baho berrishni xohlayman. Mersisaydliklar yaxshi o‘ynashyapti, lekin baribir ularga nimadir etishmayapti. “Chelsi” haqida ham shunday fikrdaman. Menimcha, faqat “Arsenal” “Siti” uchun yagona raqobatchi. Biroq, londonliklar “shaharlik”lar ulardan uzoqlashib ketmasliklariga harakat qilishlari lozim,- dedi Nevill Sky Sportsga.
8 ta turdan so‘ng “Liverpul” APLda 21 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Ikkinchi joyda 20 ochko to‘plagan “Manchester Siti” uchinchi o‘rinda esa, “Arsenal” ketmoqda.
Fikrlar