MYu tekin top himoyachi topdi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Yozda PSJ bilan shartnomasi yakunlanadigan Tiago Silva faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin.

Ingliz matbuotiga ko‘ra, braziliyalik himoyachi xizmatlariga "Manchester Yunayted" qiziqish bildirmoqda. "Qizil iblislar" ustozi Ule Gunnar-Sulsher 35 yoshli futbolchini jarohatga moyil himoyachilari uchun zaxira varianti sifatida ko‘rmoqda.

Silva Parijdagi 8 yillik faoliyati davomida etti karra mamlakat chempionligi unvonini va Superkubogini, 5 marta liga kubogi va 4 marotaba Frantsiya kubogini qo‘lga kiritgan.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!