
MYu to‘purar hujumchi transferidan voz kechdi
"Manchester Yunayted" "Lion" forvardi Mussa Dembelening transferidan voz kechdi, deya xabar bermoqda Daily Star nashri.
Manbaga ko‘ra, "qizil iblislar" frantsiyalik futbolchi talab qilayotgan katta maosh va Meyson Grinvudning ishonchli o‘yini sabab, ushbu transfer rejasidan voz kechdi.
Oldinroq, lionliklar klubi moliyaviy yo‘qotishlar sabab yozda etakchi futbolchilarini sotishga majbur bo‘lishi haqida xabar qilingan edi.
Joriy mavsumda Dembele "Lion" safida Liga 1 bahslarida 27 ta o‘yinda maydonga tushib, 16 ta gol va 2 ta golli uzatma berdi.
Fikrlar