MYu va "Real" ko‘zlayotgan futbolchi uchun "Atletiko" ham kurash boshladi
Madridning "Atletiko" klubi "Valyadolid" himoyachisi Muhammad Salisuning xizmatlariga qiziqish bildirishi mumkin.
Marca nashri tarqatgan xabarga qaraganda “matraschilar” 20 yoshli ganalik futbolchini yozgi transferlar davrida sotib olishmoqchi.
Ta’kidlash kerakki, Salisu uchun shuningdek "Manchester Yunayted" va "Real" klublari ham kurash olib borishmoqda.
Ma’lumot uchun, Salisu joriy mavsum "Valyadolid" safida 25 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 1 ta gol hamda 1 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan, transfer narxi esa 10 mln evroni tashkil etadi.

Fikrlar