MYu xo‘jayini Amorim o‘rniga boshqa murabbiy topib qo‘ydi

  • 28 sentabr, 20:07
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ruben Amorim iste’foga chiqarilgan taqdirda "Manchester Yunayted"ni kim boshqarishi mumkinligi ma’lum bo‘ldi.

Tecno

talkSPORT nashri tarqatgan xabarga ko‘ra "qizil iblislar"ning yangi bosh murabbiyi Angliya terma jamoasining sobiq ustozi Garet Sautgeyt bo‘lishi mumkin. Manbaga ko‘ra, "Manchester Yunayted" jamoasi xo‘jayini ser Jim Retkliff allaqachon 55 yoshli mutaxassis bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotda bo‘lgan.

"Manchester Yunayted" zaxirasida 6 turdan so‘ng atigi 7 ochko jamg‘arildi. Ayni damda Amorim shogirdlari APL turnir jadvalida 14-o‘rinni egallab turibdi.

4 oktyabr kuni "Manchester Yunayted" o‘z maydonida "Sanderlend"ni qabul qiladi. Ettinchi tur uchrashuvi Toshkent vaqti bilan soat 19:00 da boshlanishi kerak.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!