MYu Xolandni vaqt mintaqasi sabab sotib ololmaganini bilasizmi?

  • 01.03.2021 19:22
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ayni damda “Borussiya” Dortmund sharafini himoya qilayotgan hujumchi Erling Xoland 2019 yilning boshida “Molde”dan “Red Bull Zaltsburg”ga ko‘chib o‘tgan. AS nashrining ma’lum qilishicha, o‘shanda norvegiyalik iqtidor egasi Avstriya klubiga emas, balki “Manchester Yunayted”ga o‘tishi ham mumkin edi.

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, o‘shanda Xolandning agenti va “Molde” klubi  rahbariyati “Manchester Yunayted” bilan Norvegiya vaqtiga ko‘ra, ertalabki 9 da qo‘ng‘iroqlashishga kelishib olgan. Mankunianlar esa, Britaniya vaqti bilan soat 9 da qo‘ng‘iroq qilgan, ammo o‘shanda Norvegiyada soat 10:00 bo‘lgan va “Molde” Xolandni “Red Bull Zaltsburg”ga sotishga ulgurgan edi.

Erling Xoland joriy 2020/2021 yilgi mavsumda “Borussiya” safida 26 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 27 ta gol hamda 9 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!