MYu yana bir transferdan voz kechdi
"Manchester Yunayted" yozgi transfelarr oynasi vaqtida "Vest Xem" yarim himoyachisi Deklan Raysni qo‘lga kiritishi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ingliz matbuotiga ko‘ra, "qizil iblislar" murabbiylar shtabi jamoa markaziy yarim himoya chizig‘i futbolchilarining o‘yinidan qo‘ngli to‘lmoqda, shu sabab ular "bolg‘achilar" xavbeki transferidan voz kechishmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq, mankunianliklar "Tottenxem" hujumchisi Xarri Keynni xarid qilish rejasini qayta ko‘rib chiqish niyatidaligi ma’lum qilingan edi.



Fikrlar