
MYuda yangi yulduz porlaydi
“Manchester Yunayted” norvegiyalik 16 yoshli hujumchi Isak Xansen-Aarenni o‘z safiga qo‘shib oldi.
“Tromse” futbolchisi aslida Manchesterga ko‘chib o‘tishga bir necha oy muqaddam rozilik bergandi. Biroq, manchesterliklar UEFA qoidasiga muvofiq, vunderkindning 16 yoshga to‘lishini kutishga majbur bo‘lgandi.
Sulsherning hamyurti o‘z tengqurlari o‘rtasida Evropaning eng iqtidorli o‘yinchilaridan hisoblanadi.
“Tromse” klubi o‘z tarbiyalanuvchisi bilan xayrlashish jarayonida “Isak - ajoyib yigit va katta iste’dod sohibi. U fubol o‘ynashni yaxshi ko‘radi”, - deb bayonot berdi.
Fikrlar